Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
#Munosabat

 Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Ozarbayjonga qilgan davlat tashrifi ikki birodarlashgan mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yangi davrni boshladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tili, dini, urf-odatlari, madaniyati yaqin bo‘lgan ikki mamlakatning
iliq munosabatlari uzoq yillik tarixga ega bo‘lgan bo‘lsada, bugungidek yuksak darajaga ko‘tarilmagan edi. Prezidentimiz tashrifi bilan mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati bilan Sumgait, Navoiy viloyati bilan Gabala shaharlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlari o‘rnatildi. Shuningdek, hozir yurtimizda bo‘lajak "Ozarbayjon" bog‘i hamda "Sea Breeze" sayyohlik majmuasiga asos solinib, loyihalar tayyorlanmoqda.
Ozarbayjon markazi Boku shahrida esa "O‘zbekiston" bog‘i qurilishi boshlandi. Bu harakatlar ikki qardosh xalqning do‘stlik ko‘priklari mustahkamlashuviga va mamlakatlarimiz ravnaqiga hissa qo‘shishiga ishonamiz.  

                                          Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati G.Sharipova