Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
Deputatlik nazorati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali direktori, Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Nasrullayev tomonidan Kuchlik MFY hududidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim-tarbiya sifati va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Tashrif davomida 9-sonli Davlat MTM hamda "Angel Kids" nodavlat MTM faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Har ikki muassasada: tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi va qulayligi uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv xonalari, to‘liq ta’mirlangan oshxona va sog‘lom ovqatlanish uchun zaruriy sharoitlar, gigiyena va sanitariya talablariga javob beradigan yotoq va hojatxona xonalari, bolalarning intellektual, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi didaktik vositalar va o‘yin maydonchalari e’tiborni tortdi.

 Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va davlat-nodavlat MTMlar o‘rtasidagi mavjud infratuzilma va sharoitlarni o‘rganish, tizimda yo‘lga qo‘yilgan tartib va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Slide 1 of 1