Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi navbatdagi sessiyaga qo‘yilgan masalalarni muhokama qildi

 2025-yil 28-iyun kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi navbatdagi sessiyaga qo‘yilgan masalalarni muhokama qildi. Unda tumandagi
ijtimoiy-iqtisodiy hayot va mahallalar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Muhokamada O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Zarbdor tumani bo‘limining mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish, “mahallalar yettiligi” faoliyati,
tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil bo‘yicha yetakchi mutaxassisi S. Umirzoqov, Tuman 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Sh. Bekto‘rayeva, “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Sh. Pardaboyev, shuningdek, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Zarbdor tuman Kengashi raisi A. Xo‘jaqulovlar ishtirok etdilar. 

Muhokama davomida mahallalarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar
va ayollar bandligini ta’minlash, mahalliy muammolarni tezkor hal etish
bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi. Shuningdek, aholi bilan bevosita
ishlashda samaradorlikni oshirishga doir dolzarb vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 1