Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Deputat munosabati
30-iyun – ilhom va mas’uliyat kuni Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvi nafaqat muhim siyosiy voqea, balki men kabi sohada ishlashni tanlagan yoshlar uchun yo‘nalish, ishonch va ilhom manbai bo‘ldi.

Ayniqsa quyidagi so‘zlar meni chuqur o‘ylantirdi va ilhomlantirdi:

“Har bir yoshning ovozi eshitilishi kerak.”
Bu fikr men uchun oddiy shior emas, balki harakat mezoni. Endi men har bir yoshning muammosini tinglashga, ularning fikrini qarorlar markaziga olib chiqishga harakat qilaman.

“Yoshlar haqida emas, yoshlar bilan birga qaror qabul qilish zarur.”

Endi yoshlar faqat auditoriya emas — ular tashabbuskor, ishtirokchi va kelajak bunyodkori. Bu yondashuvni o‘z faoliyatimda asosiy tamoyil sifatida tanlayman.

“Tashabbus bildirgan har bir yigit-qiz orqasida jamiyatning umidi turadi.”

Meni va mening kabi minglab yoshlarda jamiyat umidi yashirin. Bu ishonchni oqlash uchun doimo izlanishda bo‘laman.

Endi men yoshlar bilan ishlashda: ularning ovozini tinglashga, ularni real imkoniyatlar bilan ta’minlashga, g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga, ma’naviy va professional yuksalishlariga xizmat qilishga bel bog‘layman.

30-iyun — bu faqat bayram emas, balki yoshlarga bo‘lgan ishonchni oqlash uchun yangi mas’uliyat bosqichi!

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputati Abdumalikova Guljaxon Axatqul qizi

Slide 1 of 1