Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
Aholi salomatligi – yurt boyligi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari M.Xoliqova va N.Uralova tomonidan shahar aholisiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi ishlari bilan tanishildi. Unda yangitdan rekonstruksiya ishlari bajarilgan shahar ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish, skrining jarayonlarini samarali tashkil qilish, zamonaviy skrining usullarini amaliyotga keng joriy etish, ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda mutaxassislarning bilimlarini oshirish va ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlari ko‘rib chiqildi.

O‘tgazilgan mammogrfiya skring tekshiruvida 700 dan ziyod ayollar ishtirok etdi. Ko‘rik xulosasiga ko‘ra kasallikka gumon qilinayotgan ayollarga Toshkent shahridagi viloyat Onkologiya kasalxonasiga yo‘llanmalar berildi. Tekshiruv davomida malakali shifokorlar ayollarni ko‘rikdan o‘tkazishdi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi va zarur maslahatlar berdilar. Ushbu ishlarni samarali ravishda tashkil etgan ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinika mudiri R.Sattarovaga aholi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Slide 1 of 4