Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
📍 Ishtixon tumanida manzilli grantlar ajratish uchun muammolar o‘rganilmoqda

Fuqarolarning turmush sifatini yaxshilash, ishsizlikni kamaytirish va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etish maqsadida Ishtixon tumanida muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

🗓 Ishtixon tuman hokimligida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A. Shodmonov, Jamoat fondining Samarqand viloyat bo‘limi rahbari D. Malikov, Ishtixon tumani hokimi F. Ruziyev hamda mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Uchrashuv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

  • 🧠 Aholi uchun maʼnaviy muhitni yaxshilash
  • 💼 Ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash va daromad manbalarini kengaytirish
  • 🚰 Toza ichimlik suvi bilan taʼminlash
  • 🏘 Shuningdek, o‘z yechimini kutayotgan ijtimoiy muammolarni hal qilish

✅ Uchrashuv yakunida muammolarni manzilli va samarali hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

📊 Ushbu tashabbus Ishtixon tumanida ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash hamda aholining farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy qadamlardan biri hisoblanadi. 

Slide 1 of 5