Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish to'g'risida
янв.21
Deputat xalq ichida
янв.21
Халқ депутатлари Чироқчи тумани Кенгашининг навбатдаги сессияси ўтказилди
янв.21
Deputat xalq ichida
янв.21
"Yermulkkadastr" Chiroqchi tumani filiali qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Kambag'allikdan farovonlik sari
янв.21
Аyollar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida mamlakat qonunchiligini yanada takomillashtirishning dolzarb masalalar
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining VII-chaqiriq 6-sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
"Kambag'allikdan faravonlik sari" dasturi ijrosi bo'yicha
янв.21
Deputat xalq ichida
DEPUTAT FAOLIYATI:

DEPUTAT FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jaro'rg'on tuman Kengashi deputatlari O.Mahmudov, J.Pardayev va S.Yuldoshevlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-sonli qarori asosida Jarqo‘rg‘on tumanini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, chora-tadbirlar, loyihalarning bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorat tahlil tadbirlarini olib bordi.

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Shuningdek, tumandagi "Qorayontoq" mahallasidagi "BEK ALI ATXAMBEK" fermer xo‘jaligi tomonidan qurilayotgan "Muzlatgichli omborxona"ning qurilish ishlari bilan tanishildi, "Guliston" mahallasidagi "ILK IMKON BARAKA" MCHJ tomonidan "Baliqchilik" faoliyatini tashkil etish ishlari, "Gulxovuz" mahallasidagi 47-maktabda qurilayotgan 240 o'rinli qo'shimcha binoning loyihasi hamda "Qo'shtepa" mahalllasidagi "FABULLO STROY SERVIS" MCHJ tomonidan "Gazablok" ishlab chiqarish faoliyatini Kengaytirish ishlari bilan deputatlar tanishib, loyihalarda uchrayotgan muommolar yuzasidan deputatlik nazoratini o'rnatdi hamda loyihalarni o'z vaqtida boshlamayotgan korxona raxbarlariga tushuntirishlar berilib, murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

✍️ Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi

Slide 1 of 1