Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish to'g'risida
янв.21
Deputat xalq ichida
янв.21
Халқ депутатлари Чироқчи тумани Кенгашининг навбатдаги сессияси ўтказилди
янв.21
Deputat xalq ichida
янв.21
"Yermulkkadastr" Chiroqchi tumani filiali qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Kambag'allikdan farovonlik sari
янв.21
Аyollar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida mamlakat qonunchiligini yanada takomillashtirishning dolzarb masalalar
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining VII-chaqiriq 6-sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
"Kambag'allikdan faravonlik sari" dasturi ijrosi bo'yicha
янв.21
Deputat xalq ichida
DEPUTAT FAOLIYATI:

DEPUTAT FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Tangirova hamda tuman Kengashi deputatlari B.Yuldoshev va Ch.Yusupovlar bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-sonli qarori ijrosi ta'minlash maqsadida tumandagi mahallarda olib borilyotgan ishlar bilan tanishib, uchrashuv olib bordi.  

Surxondaryo viloyatidan saylangan Senatorlar, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, hokimliklar, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari, tadbirkorlar hamda agroklaster egalarining vohamiz aholisiga "Viloyatimizning har bir go‘shasini bunyodkorlik va obodlik maskaniga aylantirishda barchamiz munosib hissa qo‘shaylik!" mavzusidagi murojaatining mazmun-mohiyatini tushuntirib o'tdi.

Shuningdek, tumandagi "Yoshlik" mahallasidagi 27-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qurilayotgan 180 o'rinli binoning qurilish ishlari, "Neftchilar" mahallasida qad rostlagan aholi uchun "Ko'p qavatli turar joy "larning qurilish jarayonlari hamda mahalla obodligida olib borilyotgan ishlar bilan tanishdi. Hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

✍️ Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi

Slide 1 of 1