Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish to'g'risida
янв.21
Deputat xalq ichida
янв.21
Халқ депутатлари Чироқчи тумани Кенгашининг навбатдаги сессияси ўтказилди
янв.21
Deputat xalq ichida
янв.21
"Yermulkkadastr" Chiroqchi tumani filiali qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Kambag'allikdan farovonlik sari
янв.21
Аyollar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida mamlakat qonunchiligini yanada takomillashtirishning dolzarb masalalar
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining VII-chaqiriq 6-sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
"Kambag'allikdan faravonlik sari" dasturi ijrosi bo'yicha
янв.21
Deputat xalq ichida
Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining aholi bilan uchrashuvi

 Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyasi raisi, deputat Alisher Abdullayev va uning o‘rinbosari deputat
Zokir Xalmuxamedov Quyosh MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
 

Uchrashuv Chirchiq shahar hokimining murojaatlar telegram kanaliga kelib tushgan
murojaatlar asosida tashkil etildi. Fuqarolar MCHJ BSK "Jewellery
Stroy" boshqaruv servis kompaniyasining qoniqarsiz faoliyati, BSK
xodimlarining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganligi bo‘yicha murojaat
qilishgan.
 

Uchrashuv davomida deputatlar uy-joy egalarining shikoyat va e’tirozlarini tingladilar.
Fuqarolar tomonidan MCHJ "Jewellery Stroy" BSK faoliyatidan
qoniqmaganliklari sababli, ushbu BSK bilan shartnomani bekor qilish va boshqa
BSKni tanlash masalasi ko‘tarildi.
 

Muhokamalardan so‘ng, yaqin kunlar ichida Quyosh MFYdagi ko‘p qavatli uylar mulkdorlarining
umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va yangi BSK tanlab, u bilan shartnoma tuzish
bo‘yicha qarorga kelindi.
 

Shuningdek, deputatlar mahalla faollari bilan birgalikda Quyosh MFY hududini aylanib
chiqdilar. Asosiy e’tibor sug‘orish tizimlarini yaxshilash va modernizatsiya
qilish, yashil maydonlarni ko‘paytirish, ko‘p qavatli uylar atrofida mevali
daraxtlar, uzumzorlar va butalar ekish masalalariga qaratildi.
Mazkur masalalarni
hal etish maqsadida kelgusida ham birgalikda maslahatlashuvlar va uchrashuvlar
o‘tkazib borish kelishib olindi.
 

Slide 1 of 3