Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining aholi bilan uchrashuvi
янв.21
G‘alaba mahallasini obodonlashtirish: tuproq yerni tayyorlash va melioratsiya ishlari davom etmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ekologik partiya vakili Xodjayeva Mohira Mirzaxmadovna Chirchiq shahrida bir qator uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Chirchiq shahar deputati O.Bozorov fuqarolar muammolari yuzasidan qabuli
янв.21
Deputat Zokir Xalmuxamedov tomonidan V.Haydarov MFYda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADA OBODONLASHTIRISH VA IJTIMOIY MASALALAR MUHOKAMASI
Doimiy komissiya faoliyati

 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi kotibiyatida komissiyalar tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga muhokamaga qo‘yiladigan masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, Angren shahar Prokuraturasi tomonidan 2024-yil davomida hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari hamda shahar IIB boshlig‘ining shaharda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida 2024-yil 12 oy davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti, Angren shahar Tibbiyot birlashmasining 2024 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tayyorlagan hisoboti, sektor rahbarlariga biriktirilgan hududlarda 2024-yil mobaynida olib borgan ishlari yuzasidan hisoboti hamda 2025-yil mobaynida sektor tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”lari tasdiqlash masalasi, mutasaddi tashkilotlar va rahbarlarning hisobotlari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar makazi, "Zero westa" MChJ mas’ullari taqdim
qilgan hisobotlar, Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V sonli Qarorining ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.  

Slide 1 of 11