Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024-yil I yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Ishtixon tumani prokurorining katta yordamchisi S.Rashidovning axboroti;
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan 2024-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Ishtixon tumani bo‘limi davlat ijrochisi A.Kubayevning hisoboti haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonining 15-bandi ijrosi hamda “Transport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman IIB YHXB boshlig‘i N.Ibragimovning yuzasidan hisoboti.