Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining aholi bilan uchrashuvi
янв.21
G‘alaba mahallasini obodonlashtirish: tuproq yerni tayyorlash va melioratsiya ishlari davom etmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ekologik partiya vakili Xodjayeva Mohira Mirzaxmadovna Chirchiq shahrida bir qator uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Chirchiq shahar deputati O.Bozorov fuqarolar muammolari yuzasidan qabuli
янв.21
Deputat Zokir Xalmuxamedov tomonidan V.Haydarov MFYda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADA OBODONLASHTIRISH VA IJTIMOIY MASALALAR MUHOKAMASI
Deputatlar “Mahalla ettiligi” faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 4 apreldagi “Mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yildi.  

O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov “Mahalla yettiligi”-Kengash-Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimini tashkil etish bo‘yicha Tog‘liq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning 8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari, “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida ko‘rsatiladigan 64 turdagi ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligi, “Mahalla yettiligi” tomonidan aniqlangan va shahar darajasida hal etiladigan muammolar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdilar.

Deputat tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilayotgan xotin-qizlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam ko‘rsatish, uy-joy uchun subsidiyalar ajratish, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kreditlar ajratish, maxsus dasturlar bo‘yicha o‘qitish, xotin-qizlarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini ham ko‘rib chiqildi. 

Slide 1 of 3