Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining aholi bilan uchrashuvi
янв.21
G‘alaba mahallasini obodonlashtirish: tuproq yerni tayyorlash va melioratsiya ishlari davom etmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ekologik partiya vakili Xodjayeva Mohira Mirzaxmadovna Chirchiq shahrida bir qator uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Chirchiq shahar deputati O.Bozorov fuqarolar muammolari yuzasidan qabuli
янв.21
Deputat Zokir Xalmuxamedov tomonidan V.Haydarov MFYda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADA OBODONLASHTIRISH VA IJTIMOIY MASALALAR MUHOKAMASI
Oliy Majlis Senati budjet qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida.

 Xatirchi tumanida Oliy Majlis Senati budjet qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich ishtirokida Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi doimiy komissiyalari raislari, Kengash deputatlari hamda Siyosiy partiyalarning tuman Kengashi raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda 2025-yil 23–25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berildi. Jamiyat taraqqiyoti, mamlakat rivoji qonun ustuvorligi, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yosh avlod tar’lim-tarbiyasiga yanada jiddiy e’tibor
qaratish to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Xatirchi tumanini
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda ijrosi yuzasidan samarali nazoratni amalga oshirish
REJASI ishlab chiqilganligi va bu rejaning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishi lozimligi takidlandi.  

Slide 1 of 6