Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия иши: ижтимоий объектларда назорат ва тайёргарлик
янв.21
Олий Мажлис ва маҳаллий Кенгаш депутатларининг қўшма фаолияти— жойлардаги муаммолар ечими йўлида
янв.21
Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining aholi bilan uchrashuvi
янв.21
G‘alaba mahallasini obodonlashtirish: tuproq yerni tayyorlash va melioratsiya ishlari davom etmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ekologik partiya vakili Xodjayeva Mohira Mirzaxmadovna Chirchiq shahrida bir qator uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Chirchiq shahar deputati O.Bozorov fuqarolar muammolari yuzasidan qabuli
янв.21
Deputat Zokir Xalmuxamedov tomonidan V.Haydarov MFYda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADA OBODONLASHTIRISH VA IJTIMOIY MASALALAR MUHOKAMASI
Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, oltinchi sessiyasi 27-yanvar kuni o‘tkaziladi

Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatov bugun, 23-yanvarda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi farmoyishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, oltinchi sessiyasi 2025-yil 27-yanvar kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

- Samarqand viloyatini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

-Samarqand viloyatining 2025-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni, soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarida soliq to‘lovchilar uchun belgilangan eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) doirasida hududlar kesimida miqdorlarini va mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning ijara to‘lovini eng kam stavkalarining oshiruvchi koeffitsiyentlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

-Nurobod tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;

-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” KQ-6-V-son qarori ijrosi to‘g‘risida;

-Jahon banki kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan “Mikro, kichik va o‘rta korxonalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishda “yashil” va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida;

-viloyatda “Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilinadigan avariya holatidagi ko‘prik inshootlari manzilli ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risida;

-xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

-viloyat hokimligining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida;

-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

-boshqa masalalar. 

Slide 1 of 1