Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 15-“Xondoyliq” okrugdan saylangan deputat B.Azmetov tumanning “Ko‘k to‘nli” mahalla fuqarolari yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yigʻilish davomida aholi tomonidan elektr energiya, ichimlik suvi, yo’l, sog’liqni saqlash, moddiy yordam masalalari kabi bir qator murojaatlar bildirildi. Aksariyat murojaatlar joyning o’zida yechimini topdi.
Qo’shimcha vaqt va mablag’ talab etilgan masalalar bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.