Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar sari muhim qadam
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada hokim yordamchilarining faoliyati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va yangilanishlar yo‘lidagi muhim dastur
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
MIROBOD TUMANIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2025-YIL 3 YANVARDAGI PQ-1-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN TUMAN DEPUTATLARI MAS’ULLAR BILAN UCHRASHDI

Mirobod tuman hokimligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Majlisda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari, tuman prokurori B. Abdullayev, tuman IIO FMB boshlig‘i O. Xadjayev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A. Salaydinov, tuman bandlik bo‘limi rahbari I. Yunusov, tumandagi 39 ta mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim davlat dasturlari ijrosi muhokama qilindi. Xususan, quyidagi ikki masala atroflicha ko‘rib chiqildi:  

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning oldini
olish bo‘yicha ishlar;
 

Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, jamoatchilik bilan
hamkorlikdagi profilaktika va targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish
zarurligi ta’kidlandi. Tahlillar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar
berildi.
 

Energiya samaradorligini oshirish va resurslardan oqilona foydalanish: 

Shuningdek, Prezidentning 2025-yil 1 apreldagi PQ-133-son Qarori ijrosi bo‘yicha yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanish, noqonuniy sarflanishning oldini olish, quyosh panellarini joriy qilish va energiya tejamkor texnologiyalarni keng tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. 

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga ishlab chiqaruvchi korxonalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda energiya samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.  

Slide 1 of 8