Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR XONADONLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORALARI OʻRGANILDI.

IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR XONADONLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORALARI OʻRGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori 13-bandi hamda Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining 2026-yil 4-maydagi VII-21-54-6-86-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

          Mazkur qaror talablariga koʻra, Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda 2026 yil 1 martdan boshlab “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, I guruh nogironligi boʻlgan hamda mehnatga layoqatli aʼzosi mavjud boʻlmagan oilalar xonadonlarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi belgilangan.
         Shu munosabat bilan mazkur yoʻnalishda belgilangan vazifalar ijrosini oʻrganish maqsadida, Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova hamda masʼul xodimlar ishtirokida tumandagi 21-G‘ayrat  saylov okrugi G‘ayrat  mahalla fuqarolar yigʻini hududida oʻrganish ishlari olib borildi.
         O‘rganish jarayonida G‘ayrat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, 1-guruh nogironi Abdurazzaqova Oydinaning xonadonida amalga oshirilayotgan uy-joy ta’miri ishlari ko‘zdan kechirildi.
        Tashrif davomida ta’mirlash ishlarining borishi, yaratilgan sharoitlar hamda bajarilayotgan ishlar sifati o‘rganildi. Shuningdek, uy-joy ta’miri ishlarini belgilangan tartib va muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi farovonligini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mazkur ishlar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1