Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. SESSIYA
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar sari muhim qadam
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada hokim yordamchilarining faoliyati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
Deputatlar va “mahalla yettiligi” hamkorligi

 Deputatlar va “mahalla yettiligi”
hamkorligi
 

  

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximovlar tumannning Qorayantoq
va Yuqori Vodil
MFY hududida “mahalla
yettiligi” bilan mahalla hududidagi aholini qiynayotgan muammolar,
tuman Kengashining 2025-yil 27-yanvar kungi “2025-yilda Farg‘ona tumanini kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi VII-4-4-11-163-K/25-sonli
hamda 2025-yil 6-fevraldagi “Farg‘ona tumanida 2025-yil uchun hududlarda aholi bandligini ta’minlash,
ularni tadbirkorlikka jalb qilish va daromadlarini oshirish bo‘yicha yangi
yondashuvlarni keng joriy etish to‘g‘risida”gi VII-4-12-11-163-K/25-sonli
qarorlari ijrosi bo‘yicha mas’ullar tomnidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganib chiqildi.
 

  

🔷 O‘rganishlar davomida ushbu mahallalarda
aholi bandligini
ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va daromadlarini oshirish holati,
hududidagi ta’mirtalab yo‘llar,
ichimlik suviga bo‘lgan talab
va O‘zbekitson
Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvar kungi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini
“Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat
dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli Farmoniga asosan amalga oshirilayotgan ishlarga
alohida ahamiyat berildi.
 

  

🔷
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, Sh.Raximovlar
mahalla faollari bilan uchrashuvda Davlatimiz rahbarining PF-16-sonli Farmoniga
asosan
mahallalarning
ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik
jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish, aholining salomatligini
yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga
chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslarni tejash va ulardan
oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlashda faollik ko‘rsatish zarurligini
tushuntirib o‘tdi.
 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi  

Slide 1 of 3