Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 AHILLIK MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
NAFIS MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik YOSHLAR SIYOSATINI SAMARALI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
💰 “INFRA TUZILMA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 TUMAN MARKAZIDAGI BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
EKSPERT GURUHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati #Muammo_deputat_nazoratida 📌 DEPUTAT NAZORATI 🏘 AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#24_ta_masala #5_band_ijrosi #Deputat_nazorati 🏛 ISTIQLOL MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
“Chegara” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash hamda fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganib, ularning yechimini ta’minlash mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov okrugi hududidagi “Chegara” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

Nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etilib, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojlarini aniqlash, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, fuqarolarning muammolarini o‘rganish hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, zarur yordam va xizmatlarni belgilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda manzillilik va individual yondashuvni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahallada ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.