Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 AHILLIK MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
NAFIS MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik YOSHLAR SIYOSATINI SAMARALI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
💰 “INFRA TUZILMA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 TUMAN MARKAZIDAGI BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
EKSPERT GURUHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati #Muammo_deputat_nazoratida 📌 DEPUTAT NAZORATI 🏘 AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#24_ta_masala #5_band_ijrosi #Deputat_nazorati 🏛 ISTIQLOL MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
“ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ “ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov o‘zi saylangan 23-saylov okrugiga qarashli “Zulfizar” mahallasida mahalla yettiligi va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔺 Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda hududdagi dolzarb masalalar, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlarini manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Uchrashuvda mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan ishsiz yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, ishsiz bo‘lgan ikki nafar yoshning bandligiga ko‘maklashish maqsadida ular tuman mutasaddi rahbarlariga biriktirildi. Mazkur yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha keyingi ishlarni manzilli tashkil etish masalasi belgilab olindi.

📉 Bu yo‘nalish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim vazifalaridan bo‘lgan mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi, yoshlar va aholi bandligini ta’minlash masalalari bilan bevosita bog‘liq.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Jumladan, fuqaro Azimov Murodjon tuman ichki ishlar organlari bilan bog‘lana olmayotgani yuzasidan murojaat qildi.

🤝 Muxtor Ilhomov tomonidan ushbu murojaatga uchrashuvning o‘zida amaliy yechim topildi. Tegishli IIB xodimlari bilan bog‘lanilib, fuqaro Azimov Murodjonning mas’ul xodimlar bilan uchrashishi tashkil etildi. Shu tariqa fuqaroning ko‘targan masalasi joyida hal etildi.

💡 Uchrashuv mahalla yettiligi, faollar va deputat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududdagi masalalarni bevosita aholi bilan muloqot orqali aniqlash hamda ularni imkon qadar manzilli hal etish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

🔎 Muxtor Ilhomov mahallalarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, yoshlarning bandligi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekaniga e’tibor qaratdi.

📍 Mahalladagi muammoni joyida o‘rganish, mas’ullar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish — deputat va aholi o‘rtasidagi samarali muloqotning muhim natijasidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7