Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi axborot faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi axborot faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jahongir G‘ulomqodirov tomonidan Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📱 Jarayonda asosiy e’tibor Kengash va deputatlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish holatiga qaratildi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan axborot va materiallarni tayyorlashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, xabarlarni mazmunan to‘g‘ri, aniq va tizimli yoritish bo‘yicha tegishli tushuncha va amaliy tavsiyalar berildi.

📝 Shuningdek, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati, aholi bilan uchrashuvlari, deputatlik so‘rovlari, nazorat tadbirlari hamda ularning amaliy natijalarini jamoatchilikka tezkor va sifatli yetkazish, matn, foto va videomateriallarni ijtimoiy tarmoqlar talablariga mos ravishda tayyorlash hamda Kengash faoliyatini kengroq yoritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ancha vaqtdan buyon yuzaga kelayotgan texnik muammolar ham ko‘rib chiqildi. Mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari yuzasidan texnik tushuntirishlar berilib, tegishli sozlamalar ko‘rib chiqildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

🔎 Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni muntazam yuritish, joylashtirilayotgan materiallarning mazmuni va sifatiga e’tibor qaratish, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka tizimli yetkazib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Yakunida Kengash va deputatlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda tezkor, xolis va sifatli yoritish, axborotlarni yagona yondashuv asosida tayyorlash, rasmiy sahifalarni tizimli yuritish hamda mavjud texnik muammolarning oldini olish yuzasidan Jahongir G‘ulomqodirov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5