Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 AHILLIK MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
NAFIS MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik YOSHLAR SIYOSATINI SAMARALI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
💰 “INFRA TUZILMA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 TUMAN MARKAZIDAGI BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
EKSPERT GURUHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati #Muammo_deputat_nazoratida 📌 DEPUTAT NAZORATI 🏘 AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#24_ta_masala #5_band_ijrosi #Deputat_nazorati 🏛 ISTIQLOL MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
YANGI ISH O’RINLARINI YARATISH - AHOLI BANDLIGINI TA”MINLASHNING MUHIM OMILI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich Parkent tumanining Sumcha hududida 25 o‘ringa mo‘ljallangan yangi mehmon uyining ochilish marosimida nuroniylar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ishtirok etdi.
  ✅Mazkur mehmon uyining tashkil etilishi hududning turistik jozibadorligini oshirish, tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biridir.
 ✅ Deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevichning ushbu maskanning tashkil etilishi va faoliyat boshlashiga qaratayotgan e’tibori hamda tashabbusi Sumcha hududida turizmni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi xizmat ko‘rsatish maskanlarini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 ✅ Mehmon uyining o‘ziga xos jihatlaridan biri — uning ichida Milliy qadriyatlar muzeyi tashkil etilganidir. Muzeydan xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analari, turmush tarzi va boy madaniy merosini aks ettiruvchi turli eksponatlar joy olgan.
 ✅ Shu jihatdan, yangi maskan nafaqat mehmonlarni qabul qilish va ularga qulay sharoit yaratish, balki milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, yosh avlod va sayyohlarga xalqimizning boy tarixi va madaniyatini namoyish etish uchun ham o‘ziga xos maskan bo‘lib xizmat qiladi.
 ✅  Mehmon uyining Sumcha hududida faoliyat boshlashi mahalliy turizmni rivojlantirish, hududning sayyohlik salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
 ✅  Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yangi maskan faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, bu kabi tashabbuslar Sumchaning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, turizm salohiyatining yuksalishi va mahalliy aholining farovonligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
 🏐  Sumcha — tabiiy go‘zalligi, milliy qadriyatlari va mehmondo‘stligi bilan sayyohlarni o‘ziga chorlaydigan maskan. Yangi mehmon uyining faoliyati esa ushbu hududning turistik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10