Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
янв.21
#Ekspert_guruhi #Deputat_nazorati EKSPERT GURUHI FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏛 Davlat xizmatlari va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🏫 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAHALLADA SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Boyterak” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim Q.Abdullaevaning nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va mavjud muammolarini hal etishga ko‘maklashish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy holati, ularning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari va ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida va manzilli ko‘rsatish holati ko‘rib chiqildi.

🔻Ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qilish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, zarur hollarda tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanishlariga ko‘maklashish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Alohida e’tibor nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, ularga zarur yordam va xizmatlarni manzilli tashkil etish, shuningdek, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga qaratildi.

🔻Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini muntazam nazorat qilib borish, zarur hollarda qo‘shimcha ijtimoiy ko‘mak choralarini belgilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1