Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#10_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Chinor” mahallasida aholi ehtiyojlari va narx-navo masalasi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-“Chinor” saylov okrugi deputat U.Jumayev okrugiga qarashli "Chinor" mahallasida , tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar tomonidan “Chinor” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlarining 10-bandi — aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, ularning mavjudligi va yetarliligini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

Nazorat-tahlil jarayonida mahalla hududidagi savdo nuqtalarida aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarining mavjudligi, narx-navosi hamda aholining talab va ehtiyojlariga mos ravishda ta’minlanganlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, savdo nuqtalaridagi mahsulotlar assortimenti, xaridorlar uchun zarur tovarlarning yetarliligi, narxlarning shakllanishi va aholiga qulay sharoit yaratish masalalari yuzasidan tegishli holatlar tahlil qilindi.

Tadbir davomida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va mas’ullar bilan muloqot qilinib, aholini kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi.

“24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasidagi bunday nazorat-tahlil tadbirlari mahallalardagi mavjud holatni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi ehtiyojlarini aniqlash hamda aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga xizmat qiladi.

Aholining kundalik hayotiga daxldor masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4