Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi huzridagi qo'shma doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan “Toza hudud” DM Shirin shahar filiali faoliyati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida shaharda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmati 9 ta mahallani qamrab olgani, qamrov darajasi 100 foiz ekani, jami 6 074 ta abonent va 19 349 nafar aholi xizmat bilan ta’minlangani qayd etildi.

2026-yilning 7 oyi davomida aholi va yuridik tashkilotlardan 10 192 m³ maishiy chiqindi olib chiqib ketilgan. Chiqindilarni tashish ishlari tasdiqlangan grafik asosida maxsus transport vositalari orqali amalga oshirilmoqda.

Filialda jami 12 nafar xodim faoliyat yuritib, ular tomonidan chiqindilarni yig‘ish, tashish, abonentlar hisobini yuritish, to‘lovlarni nazorat qilish va sanitariya-toshlash ishlarini tashkil etish vazifalari bajarilmoqda.

To‘lovlar bo‘yicha aholidan 7 oyda 658,7 mln so‘m mablag‘ undirilgan va reja 97 foizga bajarilgan. Yuridik tashkilotlardan esa 360,7 mln so‘m yig‘ilib, belgilangan reja 110 foizga bajarilgan. Shu bilan birga, 2026-yil 1-iyul holatiga aholi bo‘yicha 196,2 mln so‘m debitor qarzdorlik mavjudligi qayd etildi.

Chiqindilarni to‘plash infratuzilmasi bo‘yicha filial balansida 58 ta konteyner mavjud bo‘lib, shundan 20 tasi yaroqsiz holatda ekani aniqlandi. 2025-yil oktyabr oyida qo‘shimcha 25 ta 1,8 m³ hajmli konteyner o‘rnatilgan.

Komissiya tomonidan qayd etilgan asosiy masalalar:
- yaroqsiz holatdagi chiqindi konteynerlarini bosqichma-bosqich yangilash;
- chiqindilarni belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini kuchaytirish;
- aholi o‘rtasida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik va sanitariya qoidalariga rioya - etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
- aholi bo‘yicha mavjud 196,2 mln so‘mlik debitor qarzdorlikni kamaytirish choralarini ko‘rish;
- chiqindi to‘plash maydonchalari va konteynerlarning sanitariya holatini muntazam nazorat qilish;
- yuridik shaxslar tomonidan chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, chiqindilarni boshqarish xizmatlari sifatini oshirish hamda shahar hududida sanitariya va ekologik barqarorlikni ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.