Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik 🏫 TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
#24_ta_masala #18_band_ijrosi #Deputat_o‘rganishi ♿️ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala #1_band_ijrosi #Deputat_faoliyati YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#24_ta_masala #6_band_ijrosi MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi.
янв.21
🏛 MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“MADANIYAT” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 CHINOZDA BARQAROR ISH O‘RINLARINI YARATISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI
13-MAVZEDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Yunusobod tumani, 13-mavze, 34-uy aholisi tomonidan hududdagi noqonuniy o‘rnatilgan inshootlar, piyodalar yo‘lakchasi yo‘qligi hamda aholi xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat kelib tushgan.

🇺🇿Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya Viktorovna tomonidan Yunusobod tumani hokimi Saidaliyev Abrorxo‘ja nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌Deputat so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida, shuningdek, Fuqarolik kodeksining 212-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-son qarori hamda Shaharsozlik kodeksi talablari asosida yuborildi.

🔎So‘rovda hududni mas’ul tashkilotlar ishtirokida o‘rganish, noqonuniy inshootlarni demontaj qilish, davlat yerlarini tartibga keltirish hamda 34-uy yaqinida piyodalar yo‘lakchasini tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

🤝Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni qonuniy hal etish va ularning ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.