Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO O‘RGANILIB, AMALIY CHORA KO‘RILDI
янв.21
“Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati o‘rganildi
SIFATLI TA'LIM KELAJAK UCHUN MUSTAHKAM POYDEVOR

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog' QFY 17-sonli maktabdagi o‘quv jarayonlari, darslarning tashkil etilishi, o‘qituvchilarning ish rejalari va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida o‘qituvchilarning darslarga tayyorgarligi, o‘quvchilarning bilim olish jarayoni, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar hamda maktabda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati va pedagoglar bilan muloqot davomida ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, fanlarga qiziqishini oshirish hamda o‘qituvchilarning ish faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 2