35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO O‘RGANILIB, AMALIY CHORA KO‘RILDI
янв.21
“Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati o‘rganildi
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — FUQARONING DAROMAD MANBAINI YARATISHGA QARATILGAN AMALIY CHORALARDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan Sarmich mahallasida yashovchi, kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaroning holati imtiyozli kredit olish masalasi manzilli ravishda o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning ijtimoiy va iqtisodiy holati, mavjud imkoniyatlari, bandlik masalasi hamda imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalanish orqali daromad manbai yaratish maqsadi bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida fuqaroning kredit mablag‘larini qaysi yo‘nalishga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki mavjud faoliyatini kengaytirish orqali oilaning daromadini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, imtiyozli kredit olish tartibi, tegishli talablar va murojaat qilish mexanizmlari yuzasidan zarur tushuntirishlar berilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha chora tadbir belgilandi.

Slide 1 of 1