Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI HOLATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
“AXILLIK” MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“ISTIQLOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“PAXTAOBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
“HAMZA” MAHALLASIDA EHTIYOJMAND OILALARNING IJTIMOIY HOLATI KO'CHAMA-KO'CHA YURISH ORQALI O‘RGANILDI
янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
MAKTAB KUTUBXONASINING FAOLIYATI, KITOB FONDI VA O‘QUVCHILARNING KITOBXONLIKKA JALB ETILISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan  7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida jamoatchilik nazorati doirasida nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi.  O‘rganish davomida maktab kutubxonasining mavjud holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondining tarkibi va saqlanish darajasi, mavjud adabiyotlardan foydalanish samaradorligi hamda kutubxona xizmatlaridan o‘quvchilarning foydalanishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
📚 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, maktab kutubxonasidagi kitoblar soni 3094 tani, kutubxonaga a’zo o‘quvchilar soni esa 462 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, maktab o‘quvchilarining barchasi badiiy adabiyotlar, shuningdek, o‘z fanlariga tegishli turli qo‘llanmalar bilan muntazam tanishib, ulardan foydalanib, mutolaa qilib borishlari qayd etildi.
 Shuningdek, o‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud kitoblarning o‘quvchilarning yosh toifalari, bilim darajasi va qiziqishlariga qay darajada mosligi, yangi adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj, kitobxonlar bilan ishlash tizimi hamda o‘quvchilarni muntazam ravishda kitob mutolaasiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar atroflicha muhokama qilindi.
📚 Kutubxona xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, badiiy hamda ilmiy adabiyotlarni keng targ‘ib qilish, turli adabiy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari va mutolaa aksiyalarini tashkil etish, shuningdek, faol kitobxon o‘quvchilarni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.
 O‘rganish jarayonida kutubxona xodimlarining faoliyat davomida duch kelayotgan muammo, ehtiyoj va takliflari ham tinglandi. Mavjud imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish, kutubxonaga o‘quvchilar tashrifini yanada ko‘paytirish, kitob fondidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda maktabda kitobxonlikni targ‘ib qilish ishlarini yanada tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga kengroq jalb etish, mavjud adabiyotlardan samarali foydalanish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda o‘tkazilayotgan kitobxonlik tadbirlarining mazmun-mohiyatini boyitish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Kitob — inson tafakkurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho manbadir. Yosh avlod qalbida kitobga mehr va mutolaaga qiziqish uyg‘otish esa barkamol avlod tarbiyasining muhim omillaridan biridir. 

Slide 1 of 6