35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO O‘RGANILIB, AMALIY CHORA KO‘RILDI
янв.21
Maktabdagi sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.
янв.21
“Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati o‘rganildi
IMTIYOZLI KREDIT — YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK UCHUN IMKONIYAT

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ IMTIYOZLI KREDIT — YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK UCHUN IMKONIYAT

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan olib borilayotgan sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganishlarning navbatdagi manzili Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan go‘zallik saloni bo‘ldi.

📍 Deputatlar mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda mazkur tadbirkorlik subyekti faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari, davlat dasturlari doirasida ko‘rsatilgan moliyaviy ko‘mak hamda ajratilgan kredit mablag‘larining amaliy natijalari bilan yaqindan tanishdi.

💳 Ma’lum qilinishicha, tadbirkorga faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun 30 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan. Mazkur imkoniyatdan samarali foydalanish natijasida go‘zallik salonida xizmat ko‘rsatish faoliyati yo‘lga qo‘yilib, zarur sharoitlar yaratilgan.

🔺 E’tiborlisi, bugungi kunda mazkur go‘zallik salonida hududda istiqomat qiluvchi 6 nafar mahalliy fuqaroning bandligi ta’minlangan. Bu esa ajratilgan imtiyozli kreditning nafaqat tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, balki mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida ham amaliy natija berayotganini ko‘rsatmoqda.

🏦 Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonida mahallaga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan zarur maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani, mavjud kredit imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tadbirkorga yaqindan yordam berilgani haqida ham ma’lumot berildi.

📈 Tadbirkor kelgusida faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish, xizmat turlarini ko‘paytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirgan. Shu maqsadda yana kredit mablag‘larini jalb etib, faoliyatini kengaytirish istagi borligi bildirildi.

🗣 O‘rganish davomida deputatlar tadbirkor bilan suhbatlashib, faoliyat davomida yuzaga kelayotgan masalalar, mavjud ehtiyojlar hamda kelgusidagi rejalar bilan qiziqdi. Shuningdek, davlat dasturlari va bank moliyaviy ko‘magining aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishidagi amaliy samarasi muhokama qilindi.

➡️ Sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6