Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik 🏫 TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
#24_ta_masala #18_band_ijrosi #Deputat_o‘rganishi ♿️ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala #1_band_ijrosi #Deputat_faoliyati YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#24_ta_masala #6_band_ijrosi MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi.
янв.21
🏛 MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“MADANIYAT” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 CHINOZDA BARQAROR ISH O‘RINLARINI YARATISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI
Ipak yo‘li ko‘chasidagi yo‘l qoplamasi deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglarida aholi bilan muntazam muloqot qilib, hududdagi muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar davomida “Tut tagi” mahalla fuqarolar yig‘inining Ipak yo‘li ko‘chasida amalga oshirilgan infratuzilma loyihasi bilan bog‘liq masala deputatlik nazoratiga olindi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Xusanjon Abdurahmonov tomonidan shahar hokimining qurilish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur hujjat 2026-yil 15-sentabr kuni 122-ds-292-26-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida mahallaning Ipak yo‘li ko‘chasida umumiy uzunligi 1,7 kilometr bo‘lgan, 200 dan ortiq xonadonni qamrab oluvchi oqova suv tarmog‘i qurib bitkazilgan. Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Biroq deputatning mahalla aholisi bilan uchrashuvlari va hududdagi o‘rganishlari davomida tarmoq qurilishi yakunlangan bo‘lsa-da, qurilish ishlari jarayonida buzilgan yo‘l qismlarini qayta tiklash va hududni obodonlashtirish ishlari to‘liq yakunlanmagani aniqlangan.

Mazkur holat, ayniqsa, mahalla aholisi, jumladan umumta’lim maktabiga qatnaydigan o‘quvchilar uchun qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda. Yomg‘irli ob-havo sharoitida esa yo‘lning ayrim qismlarida loygarchilik yuzaga kelishi, natijada piyodalar va avtotransport vositalarining harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu sababli deputat X.Abdurahmonov o‘z deputatlik vakolatlaridan foydalangan holda mas’ul rahbar nomiga rasmiy so‘rov yo‘llab, mavjud holatga aniqlik kiritish va yo‘l qoplamasini tiklash masalasini hal etishni so‘radi. Deputatlik so‘rovida buzilgan yo‘l qismlarini qayta tiklash, hududni obodonlashtirish hamda mazkur ishlarni yakunlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligi qayd etilgan.

Muhimi, mazkur masala faqat deputatlik so‘rovi bilan cheklanib qolmasdan, uning amaliy ijrosi ham deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 1