Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 7–11-sentyabr 2026-yil


Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan 7–11-sentyabr kunlari hududlarda belgilangan o‘rganish, nazorat va tashkiliy tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.

✅ 7-sentyabr — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich va Artikov Davron Omarbayevich Naymanko‘l OFY hududidagi 15-sonli maktabda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini nazorat qildi.

✅ 8-sentyabr — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib, o‘rganish ishlarini olib bordi.

✅ 9-sentyabr — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

✅ 10-sentyabr — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich tumandagi yangi qurilayotgan “Kreativ park”da amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rgandi.

✅ 11-sentyabr — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna “Taxiatosh” MFYda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi holatini o‘rgandi.

✨ Hafta davomida ish rejasida belgilangan barcha vazifalar to‘liq amalga oshirildi. Hududlarda mavjud masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish ishlari izchil davom ettirildi.

Xalq manfaatlari yo‘lida deputatlik nazorati — doimiy e’tibor va mas’uliyat mezoni.