Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Gulbog‘" mahallasida xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini kafolatlash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mahallalardagi ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 15-“Gulbog'” saylov okrugi deputat I.Xalmatov okrugiga qarashli Gulbog' mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tashrif buyurib, xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida “Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi (O‘RQ–561), “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘RQ–562) va “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunlari talablaridan kelib chiqib tuzilgan savolnomalar asosida Mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati tahlil qilindi.

Monitoring jarayonida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ullarga faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 2