Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi



Viloyatda faoliyat yuritayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi asosiy masalalar — Senat Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar, mahalliy Kengashlarning hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ish rejasidagi vazifalar hamda deputatlar faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan tavsiyalar muhokama qilindi.

Xususan, deputatlarning o‘zlari saylangan saylov okruglarida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli tashkil etishi, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, hududdagi muammolarni o‘rganishi va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rishi zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 162 ta eng muhim qonun ijrosini joylarda o‘rganish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni manzilli o‘rganish va ularni hal etishda deputatlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy asoslari, qonunchilik talablariga muvofiqligi va hujjatlarni tayyorlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilindi. Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Shuningdek, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari xodimlari amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, deputatlar faoliyatini yanada faollashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 2