Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO O‘RGANILIB, AMALIY CHORA KO‘RILDI
янв.21
“Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Polvontosh" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Hokim yordamchilarining hisobdorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 5-Polvontosh saylov okrugidan saylangan deputat O.Jumayevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Polvontosh" MFYda bo‘lib, Hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayoni deputatlar faoliyatining "24 ta muhim yo‘nalishi" va "4-ustuvor yo‘nalishi" hamda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-sonli Qonuni talablari asosida o‘tkazildi. Monitoring davomida xonadonbay o‘rganishlar samaradorligi, tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozli kredit va subsidiyalarning manzilliligi hamda aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda Hokim yordamchisi faoliyatini kuchaytirish hamda hudud iqtisodiy salohiyatidan unumli foydalanish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1