35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 #Doimiy_komissiya 🏛 DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Ayollar_daftarI 👩‍👩‍👧‍👦 AYOLLAR MUAMMOLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Deputat_nazorati BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Deputat_nazorati 📊 Mahalladagi soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “CHUQURSOY” MAHALLASIDA TO‘PLANIB QOLGAN CHIQINDILAR OLIB CHIQILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “CHUQURSOY” MAHALLASIDA TO‘PLANIB QOLGAN CHIQINDILAR OLIB CHIQILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ibragimovning Olmazor tumani “Chuqursoy” mahallasida to‘planib qolgan chiqindilarni olib chiqish va hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga “Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputatlik so‘rovida “Chuqursoy” mahallasida obodonlashtirish ishlari natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar, Qora-qamish 1/4 dahasi 16-uy yonida to‘planib qolgan daraxt shoxlari, shuningdek, 52-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tutash hududdagi sanitariya-ekologik holat masalasi ko‘tarilgan edi.

📝 “Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK boshlig‘i o‘rinbosari K. Ruzimov tomonidan taqdim etilgan rasmiy javobda deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan holat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

♻️ Rasmiy javobda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoni bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar, davlat organlari, muassasalar va korxonalarga tutash yer uchastkalarida chiqindilarni o‘zlari olib chiqishi belgilanganligi ma’lum qilingan.

🚛 Shu bilan birga, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib o‘tkazish hamda aholining noroziligini bartaraf etish maqsadida istisno tariqasida, deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan shox-shabbalar va boshqa chiqindilar “Olmazor-Maxsustrans” ATFning maxsus avtotransport vositalari yordamida yig‘ib, olib chiqib ketilgani ma’lum qilindi.

✅ Shu tariqa, deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan aholi manfaatlari va hudud obodonligi yuzasidan ko‘tarilgan masala bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilib, “Chuqursoy” mahallasida to‘planib qolgan chiqindilar hududdan olib chiqildi.

🌳 Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash, mahalla obodligini ta’minlash hamda 52-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tutash hududda toza va ozoda muhitni saqlashga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi.

🤝 Mazkur hududda sanitariya holatini barqaror saqlash, chiqindilarning qayta to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy ijrosi deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3