35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 #Doimiy_komissiya 🏛 DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Ayollar_daftarI 👩‍👩‍👧‍👦 AYOLLAR MUAMMOLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Deputat_nazorati BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Deputat_nazorati 📊 Mahalladagi soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI


Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda 2-Saxovat saylov okrugi deputati S.Azizov tomonidan mazkur saylov okrugi hududidagi Ipakchi mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati, mavjud muammolar hamda aholining murojaatlari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘chasaroy ko‘chasidagi umumiy foydalanishdagi ikki qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim bo‘lgan masala yuzasidan kamchiliklar aniqlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, mazkur hududdagi umumiy hojatxonani ta’mirlash uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 120 million so‘m ajratilgan.

Biroq joyiga chiqib o‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi. Qurilish-ta’mirlash ishlari 2026-yil iyul oyida bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddat o‘tganiga qaramay, ishlar yakunlanmagan. Hatto o‘rganish kuni obyekt hududida qurilish ishlarini olib borayotgan ishchilar ham kuzatilmadi.

Mazkur holat, avvalo, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi muammoni o‘z vaqtida hal etish, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalasiga jiddiy yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Deputatlik nazorati doirasida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Aholi uchun oddiydek ko‘ringan, biroq kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu masalaning nega belgilangan muddatda hal etilmagani yuzasidan mas’ullardan aniq tushuntirish talab qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga ta’mirlash ishlarini zudlik bilan boshlash, ajratilgan 120 million so‘m mablag‘dan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli vazifalar qo‘yildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratida qoladi. Ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5