35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 #Doimiy_komissiya 🏛 DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Ayollar_daftarI 👩‍👩‍👧‍👦 AYOLLAR MUAMMOLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Deputat_nazorati BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Deputat_nazorati 📊 Mahalladagi soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
“Do‘stlik” mahallasidagi yashil maydonlarni sug‘orish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Do‘stlik” mahallasidagi yashil maydonlarni sug‘orish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov tomonidan Yangihayot tumani “Do‘stlik” mahallasidagi yashil maydonlarni muntazam sug‘orish uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasi yuzasidan Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi A. Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Yangihayot tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M. Azimovaning murojaati asosida tayyorlangan. Unda hududdagi yashil maydonlarni sug‘orish tizimi bilan bog‘liq mavjud muammo ko‘tarilgan.

🌳 Murojaatda qayd etilishicha, Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘cha bo‘ylab yer osti suvidan foydalanish yo‘lga qo‘yilib, yo‘lning ikki tomonidagi gul va daraxtlarni sug‘orish maqsadida sug‘orish tizimi tashkil etilgan. Biroq “Do‘stlik” mahallasi tomonida mazkur tizim 2-mavzedagi 4-uy hududiga o‘rnatilgan bo‘lsa-da, 2 va 3-uylar hududi ushbu imkoniyatdan chetda qolgan.

🔺 Natijada mazkur hududlardagi daraxtlar, gullar va boshqa yashil maydonlarni muntazam sug‘orishda aholi qiyinchiliklarga duch kelayotgani bildirilgan. Shu bois mavjud sug‘orish imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yashil hududlarni zarur suv bilan ta’minlash masalasini hal etishda amaliy yordam so‘ralgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Suhrob Saifnazarov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi A. Yunusovdan “Do‘stlik” MFY 2-mavzesidagi 2, 3, 4 va 13-uylar hududidagi yashil maydonlarni sug‘orib borish ishlarini tashkil etish masalasini mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqish so‘raldi.

🌿 Deputatlik so‘rovida asosiy e’tibor mavjud daraxt va gulzorlarni saqlash, yashil maydonlarning qurib qolishining oldini olish, ularni muntazam sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda hududning obodonligi va ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan.

📝 Shuningdek, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi A. Yunusovdan mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Do‘stlik” mahallasidagi yashil maydonlarni sug‘orish bilan bog‘liq mazkur masala deputat Suhrob Saifnazarov tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1