Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

 Joriy yil boshidan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi uchun o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, mahallada jami 2624 nafar xotin-qiz istiqomat qilishi aniqlangan. Shundan ijtimoiy himoyaga muhtoj 113 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. 

Daftarga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 23 nafarining bandligi ta’minlangan, 2 nafar ayolga kredit mablag‘lari ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashilgan. Shuningdek, 2 nafar ayolga uy-joyini ta’mirlash uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan. 

Xotin-qizlarning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida psixologik yordamga muhtoj 30 nafar ayol bilan trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. Nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatsiz 20 nafar ayolning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkil etilib, ularning salomatligi bilan bog‘liq masalalar
o‘rganilgan. Shuningdek huquqiy yordamga muhtoj 20 nafar xotin-qizga tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Shukurjon Xolmatov tomonidan huquqiy maslahatlar berilgan. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 26 nafar ayolga himoya orderlari rasmiylashtirilgani ham o‘rganish davomida aniqlandi.
 

O‘rganish yakunida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli hal etish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan individual ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy va huquqiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Mahalliy Kengash deputatining hududdagi xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rganishi — aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini joyida aniqlash va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2