Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarining muammolarini o‘rganish hamda ularni tegishli tartibda hal etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur jarayonda “Inson” ijtimoiy xizmatlar agentligi xodimi Azamova Sadoqatxon hamda bo‘lim boshlig‘i Meliboyev Jaloliddin bilan fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda mavjud muammolar, ularni o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish, murojaatlarni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1