Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Yangi o‘quv yili: maktablarda tayyorgarlik qay darajada?

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi O‘.Xoshimov 11-“Jaloir” saylov okrugidan deputat M.Namozov bilan birgalikda okrug hududidagi “Umid nihollari” mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilindi. Xususan, maktab va sinfxonalarning o‘quv jarayoniga shayligi, ta’mirlash ishlarining sifati, ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun isitish tizimining texnik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktabga yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotlarining miqdori va saqlanish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Zero, ta’lim muassasasining qish mavsumiga tayyorligi nafaqat yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi, balki uning belgilangan talablar asosida saqlanishi va isitish tizimining samarali ishlashi bilan ham bevosita bog‘liq.
Deputatlik o‘rganishlari davomida ta’lim muassasasidagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda baholash, aniqlangan masalalarni mas’ullar bilan muhokama qilish va ularning o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlashda asosiy maqsad — o‘quvchilar uchun xavfsiz, qulay va munosib ta’lim muhitini ta’minlash, mavsumiy muammolarning oldini olish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashdir.

Slide 1 of 5