Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
656-SON QAROR IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

656-SON QAROR IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 656-son qarori ijrosini Pastdarg‘om tumanida ta’minlash masalasi xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi e’tiborida.
🔎 Shu doirada tumandagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning uy-joy bilan ta’minlanishi, onlayn-navbatdagi holati, ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimidan foydalanishi hamda mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Xususan, mas’ul tashkilotlardan:
▫️ uy-joyga muhtoj yoshlar soni va ularning navbatdagi holati;
▫️ 2026-yilda uy-joy bilan ta’minlanganlar va navbatda qolayotganlar soni;
▫️ ijara to‘lovlari bilan ta’minlangan yoshlar soni;
▫️ ijtimoiy moslashuv, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha natijalar;
▫️ aniqlangan muammolar, mas’ullar va ularni bartaraf etish muddatlari haqida aniq raqam va amaliy natijalar talab qilinmoqda.
🤝 Ayniqsa, mahalla – “Inson” markazi – hokimlik – Ijtimoiy himoya agentligi o‘rtasidagi hamkorlikning samaradorligi ham deputatlik nazorati asosida baholanadi.
🎯 Asosiy maqsad — qonun hujjatlarida belgilangan imtiyoz va kafolatlarning qog‘ozda emas, har bir yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh hayotida amalda ta’minlanishiga erishish.
Muammo – mas’ul – muddat – natija. Deputatlik nazorati davom etadi.