35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish davom etmoqda
янв.21
📌 MAISHIY CHIQINDI TASHUVCHI KORXONA FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 🏛DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #qabul
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat Kengashi deputati D.Suvonova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi og‘ir toifaga kiritilgan “Jo‘yjangal” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

Tadbir davomida mahallada aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar, hududning ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududidagi obodonlashtirish ishlari, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlarining sanitariya holati, hududni yanada ko‘rkamlashtirish va aholi uchun qulay muhit yaratish borasidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, mahallada suv tarmog‘idagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, elektr tarmoqlarini yangilash va mavjud elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Elektr tarmoqlarining texnik holati, mavjud ehtiyojlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.

Nazorat-tahlil jarayonida hududdagi mavjud muammolarni faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash, mas’ul tashkilotlarni belgilash va ijro muddatlarini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar tegishli tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi kelgusida deputatlar va mas’ul mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.

Bunday nazorat-tahlil tadbirlari og‘ir toifadagi mahallalarda aholi muammolarini manzilli o‘rganish, mavjud infratuzilmaviy kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududlarni obod va farovon maskanlarga aylantirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 7