35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish davom etmoqda
янв.21
📌 MAISHIY CHIQINDI TASHUVCHI KORXONA FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 🏛DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #qabul
🔰Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

🔘Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔻Kun tartibidagi masala:

🔸1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

🔸2. Jizzax shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 4