Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO O‘RGANILIB, AMALIY CHORA KO‘RILDI
янв.21
“Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, J.Usmonov hamda tuman hokimligidan vakil D.Mardiyev ishtirokida “Mustaqillik” mahallasining yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.

Xususan, fuqarolar tomonidan “Navro‘z” ko‘chasidagi ichimlik suvi quvurining nosozligi sababli yuzaga kelayotgan muammo ko‘tarildi. Shuningdek, “Ko‘kaldosh” ko‘chasida ayrim xonadonlarni ta’mirlash uchun olib kelingan shag‘al va qum uyumlari ko‘cha bo‘ylab to‘kilib qolganligi, bu esa hududda asfaltlashtirish ishlarini olib borishda qiyinchilik tug‘dirayotgani bildirildi.

Bundan tashqari, 5-sonli umumta’lim maktabi yonida avtotransport vositalarining tartibsiz qo‘yilishi piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlanib, mazkur hududga tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish taklif qilindi.

Slide 1 of 7