Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO O‘RGANILIB, AMALIY CHORA KO‘RILDI
янв.21
Maktabdagi sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.
янв.21
“Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati o‘rganildi
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmurodovich tomonidan 1-Hayot saylov okrugi hududidagi Hayot mahallasida temir yo‘l infratuzilmasiga tutash hududlarning mavjud holati hamda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida temir yo‘l infratuzilmasiga tutash hududlarning sanitariya va obodonlashtirish holati, mavjud obyektlarning tashqi ko‘rinishi, hududdagi tozalik va tartib masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌿 Shuningdek, hududni yanada obodlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, temir yo‘l infratuzilmasiga tutash hududlarning shahar qiyofasiga mos va zamonaviy ko‘rinishini ta’minlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

⚖️ Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 766-I-son “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tegishli huquqiy normalardan kelib chiqib amalga oshirildi.

🤝 O‘rganish jarayonida mas’ullar bilan fikr almashilib, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

📌 Temir yo‘l infratuzilmasining tartibli va obod holatda saqlanishi shahar qiyofasini yaxshilash, aholi va yo‘lovchilar uchun qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 7