35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Jamoat transporti harakati holati o‘rganildi
янв.21
#Deputat targ'ibot uchrashuvi "Madad" NNT bilan hamkorlikda targ'ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
янв.21
#Sessiya #Chinoz tumani
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
#Obodonlashtirish #Deputat_nazorati 🏢 KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI (POYEZDLARI) O‘RGANILDI
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan 128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zallari va sport jihozlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport zallarining mavjud holati, ularning o‘quvchilar uchun foydalanish imkoniyatlari, zarur sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda mavjud jihozlarning texnik va foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sport zallarida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli va xavfsiz tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport inventarlarining yetarliligi va ulardan samarali foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha sport zallarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sport sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish ishlari deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3