35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish davom etmoqda
янв.21
📌 MAISHIY CHIQINDI TASHUVCHI KORXONA FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 🏛DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #qabul
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi 28-sessiyasida Parkent tumani prokurorining joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitish belgilangan.Shu munosabat bilan sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tumandagi 13-“Istiqbol” saylov okrugida fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot tashkil
etildi. Uchrashuv davomida deputatlar aholini navbatdagi sessiya kun tartibiga Parkent tumani prokurorining axboroti kiritilganidan xabardor qilib,mazkur yo‘nalishda fuqarolarni qiynayotgan muammo, murojaat va takliflari yuzasidan murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidladilar.Ochiq muloqotda Parkent tumani prokurori Mirsagatov Qaxramon Xaydarovich,Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna, 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich, Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari hamda okrug hududidagi mahalla raislari ishtirok etdi.Muloqot davomida fuqarolar tomonidan huquqiy masalalar, murojaatlar bilan ishlash, qurilish va boshqa yo‘nalishlarga oid jami 8 ta murojaat bildirildi.Mazkur murojaatlar mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida bevosita muhokama qilinib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berildi.Bildirilgan murojaatlarning barchasi tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib,ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, amaliy yechimini ta’minlash hamda natijasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida nazoratga olindi.Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar kelgusida sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni aholi manfaatlari bilan uyg‘unlashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Bunday ochiq muloqotlar deputatlik faoliyatini aholi bilan bevosita bog‘lash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularni mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilish hamda murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 9