35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi.
янв.21
📌 #Chinoz_tumani Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Chinoz_tumani #Qonun_ijrosi_o‘rganilishi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI, QO‘SHIMCHA MANBALARNING SARFLANISHI HAMDA BUDJET KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining faoliyati, mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi, qo‘shimcha manbalarning sarflanishi hamda Budjet kodeksi talablari ijrosi o‘rganildi.O‘rganish davomida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi B.Olimov bilan suhbat o‘tkazilib, mahalliy budjetni shakllantirish, uning daromad va xarajatlar qismini rejalashtirish, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish hamda qo‘shimcha manbalarni shakllantirish va ulardan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.Jumladan, B. Olimov tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 2-chorak uchun mahalliy budjet xarajatlari rejasi 43 mlrd 513,0 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, amalda 45 mlrd 162,0 mln so‘mga yoki 104,0 foizga bajarilgan.Shuningdek, 2026-yil 2-chorak yakuniga ko‘ra Parkent tuman mahalliy budjeti daromadlarining aniqlangan reja ko‘rsatkichi 33 mlrd 389 mln so‘mni tashkil etgan. Amalda esa daromadlar 38 mlrd 713 mln so‘mga bajarilib, reja ko‘rsatkichi 5 mlrd 324 mln so‘m ortig‘i bilan yoki 116,0 foizga bajarilgan.Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi talablari ijrosi, mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi hamda qo‘shimcha manbalarni shakllantirish va sarflash holati yuzasidan deputat tomonidan mas’ul xodimga quyidagi savollar berildi.Mahalliy budjet xarajatlarini amalga oshirishda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish qanday ta’minlanmoqda,Budjet ijrosi davomida qo‘shimcha shakllangan mablag‘larni yo‘naltirishda qaysi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratilmoqda,Mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida ortiqcha yoki samarasiz xarajatlarning oldini olish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda.Berilgan savollar yuzasidan B.Olimov tomonidan tegishli ma’lumot va tushuntirishlar berilib, mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish, qo‘shimcha manbalarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi hamda budjet ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.Shuningdek, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, mahalliy budjet barqarorligini oshirish, mavjud moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi faoliyati ham muhokama qilindi.O‘rganish yakunida mahalliy budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, qo‘shimcha manbalarni oqilona yo‘naltirish hamda Budjet kodeksi talablariga rioya etilishi masalalari deputatlik nazoratida saqlab qolindi.Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, budjet
mablag‘laridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.
  

Slide 1 of 3