Xususan, murojaatlar sonining ortishi, ularni ijobiy hal etish darajasining pastligi, takroriy murojaatlarning ko‘payishi, elektr va ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, ijtimoiy himoya, xotin-qizlar muammolari hamda mahallalarda aholini qiynayotgan masalalarni joyida hal etish borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullar atroflicha muhokama qilinmoqda.
Deputatlar tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, muammolarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish hamda Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati masalalari ham ko‘tarildi.